O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida 2025-yilning 6-dekabr kuni “8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” bayrami munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida olti nafardan besh ta jamoa ishtirok etdi. Barcha ishtirokchilar faol qatnashganligi natijasida o‘yin qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Shuningdek birinchi o‘rinni “Liderlar”, ikkinchi o‘rinni “Everest” va uchinchi o‘rinni “Humo” jamoalari qo‘lga kiritishdi.




