Institutning Nukus filiali malaka oshirish kursining yanvar oyi tinglovchisi, Nukus shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Og‘ir atletika sport turidan xalqaro toifadagi treneri, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida xizmat ko‘rsatgan sportchi, Djangabaev Rustam Kamiljan o‘g‘li tomonidan Og‘ir atletika sport turidan “Shtangani dast ko‘tarish usulini o‘rgatish” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.
Mazkur mahorat darsi jarayonida ushbu sport turida chidamlilik va kuchni rivojlantirish mashqlarini nazariy va amaliy uyg‘unlikda, zamonaviy metodik yondashuvlar asosida o‘rgatish bo‘yicha samarali tavsiyalar berildi.




