«ERTALABKI BADANTARBIYA»

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida seshanba va juma kunlari “Sport kuni” deb belgilangan. Shu munosabat bilan haftaning seshanba va juma kunlari professor-o‘qituvchilar, filial xodimlari va sentabr oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar bilan birgalikda «Ertalabki badantarbiya» mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.