Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va “Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:
✅tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish;
✅tomonlarni qiziqtiruvchi ilmiy-texnikaviy yangiliklar bo‘yicha o‘zaro axborot almashish;
✅tomonlarni mutaxassislari va professor-o‘qituvchilarining o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish hamda malakali mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish kabi ishlari yuzasidan birgalikda ishlash boʻyicha kelishib olishdi.