Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali kutubxonachisi N.Dauenova tomonidan joriy yilning 9-fevral kuni fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “9 fevral – Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi” munosabati bilan badiiy kecha tashkil etildi. Badiiy kechada N.Dauenova Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi jahon adabiyoti tarixida hamda milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishi haqida to‘xtalib o‘tishdi va Alisher Navoiy qalamiga mansub she’r va g’azallaridan namunalar o’qishdi.




