Nukus filialida davra suhbati tashkil etildi

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali rejasiga asos o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda joriy yilning 6-oktabr kuni  oktyabr oyi malaka oshirish kursi “Sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchi” yo‘nalishi tinglovchilari uchun  Dzyudo sport turi bo‘yicha Xalqaro toifadagi hakam va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy G‘ayratbay Bayniyazov ishtirokida “Dzyudo sport turida texnik harakatlarni amalga oshirish usullari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida G‘.Bayniyazov Dzyudo sportida ishlatiladigan zamonaviy uslublar, O‘zbekistondagi dzyudo markazlari va yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumot berdilar. Shu bilan birga  Xanchjou-2022 chempionatidagi Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolarining yutuqlari haqida aytib oʻtdi.Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.