O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash va ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda barcha filial rahbarlari va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishini ta’minlash maqsadida Nukus filialida joriy yilning 12-dekabr kuni filial sport targʻibotchisi I.Baymuratov tomonidan filial xodimlari oʻrtasida “Voleybol”, “Stol tennisi” sport turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi.




