Nukus filialiada ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

Joriy yilning 8-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 9-aprel Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yillik bayrami munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga filial professor o‘qituvchilari, xodimlari, aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni «Sport psixologiyasi, ijtimoiy — tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri t.f.n dots N.A.Tleubergenova ochib berdi va ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida tadbir mehmoni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti PhD Qalbay Primbetov tomonidan Konstitutsiya va uning jamiyatimiz uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.