📌Nukus filialida o‘quv qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

Nukus filial kutubxonasida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi t.f.n. dotsent N.Tleubergenovaning “Jamiyat ijtimoiy –siyosiy hayotidagi demokratik o‘zgarishlar va rivojlanish istiqbollari” nomli o‘quv qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda filial xodimlari va aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdilar. Muallif o‘quv qo‘llanma haqida ishtirokchilarga tushunchalar berdilar va ularning qiziqqan savollariga javob berdilar. Yangi qo‘llanma kutubxona fondidan joy oldi.