Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida bugun 12-noyabr kuni noyabr oyi tinglovchilari uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Mehnat faxriysi” faxriy unvonlari va “Shuxrat” medali sohibi hamda “1994 yil Xirosima” (Yaponiya) da bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlari g‘olibi A.Avezbaev bilan «Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilarining erishgan yutuqlari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida A.Avezbaev sportga kirib kelishi, sportdagi yutiqlari haqida aytib berdi va yutuqlari, final jangi video roligi qoyib berildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarini oldilar.




