Nukus filialida “OIV va OITS oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

Joriy yilning 5- dekabr kuni Nukus filialida “OIV va OITS oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Respublika OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) ga qarshi kurash markazi shifokorlari G. Habipova, laborant T. Pirmanova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor vakili mayor Аbdujamilov Ruslan va filial xodimlari, dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari, ishtirok etishdi.

Seminarda kasallikning rivojlanishi sabablari, OIV(odamda immun tanqisligi virusi) ning qanday yuqishi, dastlabki alomatlari, kasallik haqida ko‘plab noto‘g‘ri tushunchalar mavjudligi, qanday hollarda yuqmasligi haqida ma’lumotlar berildi. Seminar yakunida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.