#Seminar

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 2025-yil 2-aprel kuni Qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i J.Kaypov va filial professor-o‘qituvchilari tomonidan seminar tashkil etildi. Seminarda Buxoro viloyati Maktabgacha taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari va Umumtaʼlim maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari qatnashadi. Seminarni “Jismoniy tarbiya sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri P.Bazarbayev olib boradi va ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 355-son qarori va Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomi 3-ilovasida ko‘rsatilgan portfolio to‘g‘risida maʼlumot berdi.