Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 7- aprel kuni “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” mavzusida “Sport turlari bo‘yicha trener — o‘qituvchilar” yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Orazbaeva tomonidan seminar tashkil etildi.
Seminarda insonlarning salomatlik holatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri, to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerakligi va sog‘lom ovqatlanish insonning hayot faoliyati, me’yoriy o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, salomatligini mustahkamlaydi hamda kasallikning oldini olishda yordam berishi haqida aytib oʻtildi.




