Davra suhbati

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

Joriy yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Sport ta’lim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi Futbol guruhi tinglovchilari uchun “Futbolchilarni musobaqalarga tayyorlash tizimi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati mehmoni Qoraqalpogiston Respublikasi futbol akademiyasi texnik direktori Turdiev Timur Aytmuratovich boldi. Suhbat davomida T.Turdiyev Futbolchilarni musobaqalarga tayyorlashda qo‘llaydigan texnik-taktik mashg‘ulotlar, sohadagi yangiliklar va ushbu sportning zamonaviy qoidalari haqida ma’lumotlar berdi.