#mahorat_darsi #Nukus_filiali

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida malaka oshirish kursining oktabr oyi tinglovchisi.
Jumayev Axmad Istamovich – Buxoro shahri Yakka kurash sport turiga ixtisoslashtirilgan sport maktabi Erkin kurash sport turidan oliy toifali trener. 1nafar Oʻzbekiston chempionini tayyorlagan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibda 5 nafar shogirdlari bor.
Erkin kurash sport turidan “Himoya harakatlari: raqibning hujumini qaytarish va qarshi hujumni amalga oshirish” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.
Mazkur mahorat darsida Erkin kurash sportida himoya usullari va qarshi hujumni amalga oshirish bo‘yicha tajribalar tinglovchilarga yetkazildi.