O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi”ga muvofiq, joriy yilning 19-oktabr kuni Nukus filiali xodimlari hamda oktabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, shuningdek, giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirishdan iborat bo‘ldi.

