Ilmiy konferensiyalar


XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN


📅 2024-yil 10–11-may

Jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining zamonaviy holati va rivojlantirish yo‘llari

Anjuman haqida

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 2024-yil 10–11-may kunlari “Jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining zamonaviy holati va rivojlantirish yo‘llari” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman ochiq deb e’lon qilindi.

Anjumanni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati, turizm va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasi raisi Romanov Tajibay Nietullayevich ochib berdi va anjumanning sohadagi ahamiyati hamda dolzarbligi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng anjumanga tashrif buyurgan mehmonlarga so‘z berildi.

Anjumanda Rossiya, Belarus, Turkiya, Yaponiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlarining oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda Sport vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

Xalqaro ishtirokchilar

🌍 Ishtirokchi davlatlar: Rossiya, Belarus, Turkiya, Yaponiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston.

Konferensiyadan lavhalar

Anjuman ma’ruzachilari

Marinich Vitaliy Vladimirovich

Belarus Respublikasi Polessk davlat universitetining Jismoniy reabilitatsiya va sport tibbiyoti kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi.

Ma’ruza mavzusi:
“Особенности психологического состояния юных футболистов”

Talipdjanov Askar Imamdjanovich

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi.

Ma’ruza mavzusi:
“Yuqori malakali futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini nazorat va tahlil qilish”

Abdusselam Kose

Turkiya Respublikasi Sabahattin Zaim universiteti o‘qituvchisi.

Ma’ruza mavzusi:
“Recreation & Leisure trends in relation to major changes in Turkish Society and Participation of outdoor Sports”