#mahorat_darsi #Nukus_filiali

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida malaka oshirish kursining oktabr oyi tinglovchilari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur darsni Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabining boks sport turi bo‘yicha oliy toifali murabbiy, sport ustaligiga nomzod Bawetdinov Batır Magzatdinovich olib bordi. Uning shogirdlaridan O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibida 1 nafar, zaxira tarkibida 1 nafar sportchi faoliyat yuritmoqda.

Mahorat darsi “Tezkorlikni rivojlantirish: refleks va reaksiya mashqlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda boks sportida tezlik, sezgirlik va reaksiya ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan amaliy mashqlar tinglovchilarga namoyish etildi hamda batafsil tushuntirib berildi.