⚛️“Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida seminar

📌Joriy yilning 10- fevral kuni Institutning Nukus filialida fevral oyi malaka oshirish kursidagi xotin-qizlari uchun “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri B.Bekniyazov va Psixologiya fanlari nomzodi, professor Z.Klichevalar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar va bugungi kunda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatli bo‘lishi nafaqat oilada, balki jamiyatda ham katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tishdi. Bu bo‘yicha bir qator misollar keltirilib, yurtimizda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtab o‘tildi.