Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Nukus filiali fevral oyi tinglovchilari, Dzyudo trenerlari tomonidan Nukus shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mahorat darslari o‘tkazildi.
🔹 Xorazm viloyati Urganch shahri sport maktabi Dzyudo treneri Qulmetov Zoxidjon Shavkatovichpov
— “O-goshi” usulini bajarish texnikasini takomillashtirish”;
🔹 Xorazm viloyati Urganch shahri sport maktabi Dzyudo treneri Ruzmetova Ug‘iljon Masharipbayevna
— “Uchimata” usulini bajarish texnikasini takomillashtirish”;
Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini o‘qitish va mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.




