




O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali kutubxonachisi tomonidan filialda sentabr oyi tinglovchilari ishtirokida 2025-yilning 16-sentabr kuni “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida olti nafardan to‘rt ta jamoa ishtirok etishdi. Barcha ishtirokchilar faol qatnashganligi natijasida o‘yin qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Shuningdek birinchi o‘rinni “Nukus”, ikkinchi o‘rinni “Jismoniy tarbiya” va uchinchi o‘rinni “Bog‘cha” jamoalari qo‘lga kiritdi.



