#mahorat_darsi #Nukus_filiali

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida malaka oshirish kursining oktabr oyi tinglovchisi.
Sabirov Bahtiyor Urazmetovich – Urganch shahar sport maktabi Erkin kurash sport turi boʻyicha oliy toifali trener, sport ustasi. 9 nafar Oʻzbekiston chempioni va 2 nafar Osiyo chempionlarini tayyorlagan.
“Erkin kurash” sport turidan “Erkin kurash mashg’ulotlarida texnik va taktik tayyorlashda muammoli vaziyatlarni bartaraf etish” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.
Mazkur mahorat darsida mashg‘ulotlar jarayonida kelib chiqadigan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tajribalar tinglovchilarga yetkazildi.