1-dekabr – Qoraqalpoq tili kuni!!!

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “1-dekabr — Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib otdi.
Tadbirni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri N.M.Orazbaeva ochib berdi va bayram bilan tabrikladi. Tadbirga Nukus davlat pedagogika instituti Qoraqalpoq tili mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchilar Q. Mambetalieva va U. Qayipnazarovalar qatnashdi va tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabrikladi.
Tadbir davomida davlat tiliga ehtirom va sadoqat ona yurtga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligini butun vujudimiz bilan his etishimiz lozimligi takror ta’kidlandi.