Nukus filialida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” bayram munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

Joriy yilning 14-kuni Institutning Nukus filiali yanvar oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “14 -yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Nukus Shimoliy-G‘arbiy Okrugi 21131 Harbiy qismi vzvod komandiri leytenant Ibrohimov Bobomurad, ushbu harbiy qismning muddatli harbiy xizmatchisi oddiy askar Tuzdiyev Temiri va oddiy askar Sobirov Alisherlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri p.f.b.f.d (PhD) B.Bekniyazov olib bordi va “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” bayram munosabati bilan o‘z tabrigini yo‘lladi. Tadbir davomida tadbir mehmonlari bilan fikr-mulohazalar almashildi ba bayram kuylari jarangladi.