O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIROMONOVICH MIRZIYOYEVNING “YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI” NOMLI KITOBINING TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

2021 yil 24 sentyabr kuni Nukus filialida xodimlar va sentyabr oyi  “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yunalishi  tinglovchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston Strategiyasi” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirga filial direktorining o‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari J.B.Abatov rahbarlik qildi. Prezidentimiz kitobining taqdimoti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Mazkur kitobda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritilganligi alohida qayd etildi. Asardan o‘rin olgan “Yangi O‘zbekiston Strategiyasi”, “Xalqparvar davlat” “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish”, “Adolatli ijtimoiy siyosat”, “Maʼnaviy taraqqiyot”, “Xavfsizlik va tashqi siyosat”, “O‘zbekiston va umumbashariy muammolar” kabi bo‘limlarga sharh berarkan, ularda Yangi O‘zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo‘lishini taʼminlovchi istiqboldagi vazifalarning yechimlari aniq belgilab berilganligi taʼkidlandi.