Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 21-dekabr kuni “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi assistent oʻqituvchisi A.Shilmanov tomonidan dekabr oyi “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari yoʻnalishi 2-guruhiga “Pedagogik amaliyot” modulidan “Pedagogik amaliyotning mazmun-mohiyati va uni tashkil qilish” mavzusida “Ochiq dars” oʻtkazildi. Reja bo‘yicha mazkur dars nazariy hisoblanadi. Darsda tinglovchilarga pulsometrdan foydalanish tartibi, darsni umumiy tahlil qilish, ya’ni xronometraj haqida keng tushunchalar berildi. Darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi.



