Joriy yilning 13-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida professor-o‘qituvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. O‘quv seminarda filialda dars berayotgan 10 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar jalb etildi.




