O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 90 ball toʻplagan “Dzyudo” sport turi bo‘yicha malakali trener Matyakubova To’xtajon Aminovna tomonidan 14-oktabr kuni Olimpiya va paralimiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zalida “Dzyudo” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi B.Jiemuratov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o’qitishni tashkil etish bo’limi boshlig’i A.Djalimov va sportchilar ishtirok etdilar.




