Nukus filialida seminar tashkil etildi.

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

Joriy yilning 20-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda 2024-yil sentyabr-dekabr oylarida seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish REJASI bajarilishi yuzasidan “Sport taʼlim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi tinglovchilari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi treneri va Dzyudo bo‘yicha milliy toifadagi hakam Alisher Mamutov ishtirokida seminar tashkillandi. Seminarda A.Mamutov davlatimizda Dzyudo sportiga bo‘lgan eʼtibor, yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va shogirdlarining erishgan yutuqlari haqida aytib o‘tdi.