📌Nukus filialida hamkorlik aloqalari mustaxkamlanmoqda

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.