Joriy yilning 22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Korrupsiyasiz jamiyatda adolat va rivojlanish bo‘ladi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda filial professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda oktyabr oyida malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan tinglovchilar qatnashdilar.
Seminarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy axborot bo‘limi mutaxassisi M.M. Xo‘jaxmetova taklif etildi.
Seminar davomida M.M. Xo‘jaxmetova korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda tegishli huquqiy mezonlar asosida ushbu illatning jamiyat rivojiga ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdi.




