Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali «Sport psixologiyasi, ijtimoiy — tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri Navbahor Tleubergenova O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2023-yil 30-noyabrdagi 346/1-son bayonnomasiga asosan «O‘zbekiston tarixi» ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni diplomlarini Institut rektori, professor I.Tursunaliyev, prorektorlar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan topshirildi.




