



📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli farmoni va 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2025-yil 16 -sentabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial xodimlari, sentabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari va “Jana bazar” mahalla fuqarolar yig‘ini nuroniylari va yoshlari ishtirokida “Sogʻlom hayot uchun birlashaylik” shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi.
🤾♂️Tadbir “Ertalabki badan tarbiya” mashg‘ulotlari bilan boshlanib, tadbir davomida ishtirokchilar “Shaxmat”, “Voleybol”, “Stol tennis” sport turlaridan o‘z-aro musobaqalashdi. Tadbir qiziqarli va yuqori kayfiyatda o‘tdi.



