Nukus filialida filial birinchiligi musobaqasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 28-oktabr kuni oktabr oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar oʻrtasida “Voleybol”, “Stol tennisi” va “Shaxmat” sport turlari boʻyicha filial birinchiligi musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.