Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Nukus filiali mart oyi malaka oshirish kursi trenerlari tomonidan Nukus shahar 2-son sport maktabida mahorat darslari o‘tkazildi.
🔹 Kurash sport turidan, Raximov O‘ktam Yuldashevich –“Kurashda asosiy texnik usullarni o‘rgatish”;
🔹 Belbog‘li kurash sport turidan, Narzullayev Jahongir Sohibjon o‘g‘li – «Belbog‘li kurashda tashlash usullarini o‘rgatish» – ushlab turish texnikalari”;
🔹 Gandbol sport turidan, Avezov G‘anijon Ozodovich – «Harakatda juft bo’lib to’pni sherigiga uzatish texnikasi» – ushlab turish texnikalari”;
🔹 Turon sport turidan, Hasanov Jaxongir Nurullayevich – “Turon sport turida usullarni kombinatsiyada qo‘llash” mavzularida tashkil etildi.




