Buxoro shahrida pedagogik amaliyot darsi tashkil qilindi

2026-yil 24-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi o‘qituvchisi J.Xudaybergenov tomonidan Buxoro shahridagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun «Pedagogik amaliyot” darsi tashkil qilindi.

Unda, jismoniy tarbiya darsini tashkil qilish, xronometraj, pulsometriya asosida dars tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiya va tushunchalar berildi.