O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarimizning tashkil etilganligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosobati bilan 13 yanvar kuni Nukus filialda “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Nukus filiali o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari J.Abatov boshqardi va olib bordi. Tadbirga Shimoliy-g’arbiy harbiy Okrugu malaka mutaxassislari sport bo’yicha guruh komandiri katta leytenant To’xtashov Saxib, sport bo’yicha yo’riqchi sportchi kichik serjant Mamajanov Isroiljon, Aloqa batalioni kichik serjant Zikirov Sardorjon va kichik serjant Yarbekov Ilxomlar ishtirok etdi.




