“OCHIQ DARS” O‘TILDI

2021 yil 8-oktabr kuni  Nukus filialida “Sport fanlari” kafedrasi  o‘qituvchisi Orazbayeva  Navbahorning   “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yo‘nalishi  tinglovchilariga “Sport fiziologiyasi” moduli bo‘yicha “Sport faoliyatida organizm holatlariga umumiy tavsif ” mavzusidagi “Ochiq darsi” o‘tildi.

Ochiq darsda Sportchilarning Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish davridagi organizm ish qobiliyatida, undagi moddalar va energiya almashinuvi  hamda yurak-qon tomirlari tizimi, nafas olish a‘zolari, ovqat hazm qilish a‘zolari, asab va muskullar tizimi faoliyatida bir qator o‘ziga xos o‘zgarishlarida tushunchalar slaydlar yordamida tushuntirib berildi.

Shuningdek, sportchilarning start oldi holati turlari va yuzaga keladigan sportchi organizmidagi o’zgarishlar haqidagi tushunchalar tinglovchilarda qiziqish uyg‘otdi va darsning qizg‘in va muzokarali o‘tishiga sabab bo‘ldi. Darsning  mustahkamlash qismida “Fiziologik diktant”  metodidan foydalandi va dars yakunida tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi. Bugungi dars tinglovchilarda yaxshi tafsilotlar qoldirdi.