2021 yil 6 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–5054-raqamli Qarori qabul qilindi va shu qaror asosida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti va filallari faoliyati yangi nom bilan qayta tashkil etildi. 2021 yil sentyabr oyidan boshlab Nukus filiali uchun ajratilgan binoda o‘quv jarayoni boshlandi. Nukus filiali uchun ajratilgan bino Qoraqalpog‘iston Respublikasi nukus shahar Nukus-Turtkul avtomagistrali 5-uyda joylashgan bo‘lib, malaka oshirish kursiga malaka oshirish uchun kelgan tinglovchilar uchun zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, shaxmat xonasi va kompyuter xonalari bilan taʼminlangan.




