PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Nukus filialida joriy yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Nukus shahar IIOJMB 1-sonli IIB XPB profilaktika inspektori katta leytenant I.Nurlıbaev va katta leytenant R.Nurniyazovlar tomonidan uchrashuv tashkil etildi. Uсhrashuvga direktorning o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari J.Abatov, filial professor – o‘qituvchilari, xodimlari va aprel oyida malaka oshirish kursiga kelgan “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” yo‘nalishi tinglovchilari qatnashdi. Uсhrashuvda profilaktika inspektorlari viktimologik profilaktikasi bo‘yicha jumladan: bugungi kunda xalqimiz orasida roy berayotgan huquqbuzarliklar, ko‘cha bezoriligi, jamoa joylarida spirtli ichimliklar ichish, maktab yoshidagi bolalarning bilib bilmay jinoiiy ishlarga qo‘l urishi, va bu bo‘yicha belgilangan jinoiy jazolar haqida tushunchalar berdi.

k