SOVRINDORLARNI TAQDIRLASH MAROSIMI O’TKAZILDI

Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida joriy yilning 24-26-avgust kunlari “Professor-o’qituvchilar kasbiy, ma’naviy-axloqiy saviyasini, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarligini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni hamda o’qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish” bo’yicha tashkil yetilgan qisqa o’quv seminarida Institut va uning filiallarida dars berayotgan 60 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar jalb etildi.
SHuning bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi 6099-sonli Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan 24-26-avgust kunlari professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasida sportning “Stol tennisi”, “SHaxmat”, “Futbol” sport turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.
Malaka oshirish kursi so’nggi kunida kurs yakuni bo’yicha sertifikatlarni tarqatish hamda o’tkazilgan sport musobaqalari yakuni bo’yicha g’olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o’tkazildi.Musobaqalar yakuni bo’yicha umumjamoa hisobida Institut jamoasi faxrli birinchi, Farg’ona filiali ikkinchi, Samarqand va Nukus filiallari uchinchi o’rinlarni egallashdi.