Ingliz tilidan oʻquv-seminar tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial xodimlarining xorijiy tillarni o‘zlashtirishi uchun haftada bir marta “Til o‘rganish kuni” tashkil etiladi. Shu munosabat bilan joriy yilning 19-yanvar kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi assistent o‘qituvchisi N.Adilova tomonidan filial xodimlari uchun «Numbers» mavzusida seminar tashkil etildi. Filial xodimlari ingliz tilini katta qiziqish bilan o‘rganishmoqda va seminarda ishtiyoq bilan ishtirok etmoqda.