Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 26-yanvar kuni “To‘g‘ri ovqаtlаnish sаlomаtlikning muhim omili” mavzuda “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” yoʻnalishi tinglovchilari uchun “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Orazbaeva tomonidan ZOOM dasturi orqali onlayn seminar tashkil etildi. Seminarda inson har tomonlama sog‘lom bo‘lishida to‘g‘ri ovqаtlаnishi muhim omillarning biri ekanligi va to‘g‘ri ovqatlanish – hayot va salomatlikning asosi bo‘lib, insonning mehnat qobiliyati va umr kechirishini belgilovchi asosiy omil ekanligi haqida aytib oʻtildi.




