Nukus filialida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi bo‘lib oʻtdi.
Joriy yilning 23-fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali kutubxonasida fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari oʻrtasida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi boʻlib oʻtdi.Tanlov yakunida 1-oʻrinni “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi” yoʻnalishi 4-guruh tinglovchisi Durdibayeva Aziza Adambayevna, 2-oʻrinni “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi” yoʻnalishi 1-guruh tinglovchisi Gaypov Rustam Shomuratovich va 3-oʻrinni “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi” yoʻnalishi 4-guruh tinglovchisi Soburov Xurshidbek Xojiboyevichlar egalladi va gʻoliblarga sovgʻalar berildi.




