Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali bilan Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogik universiteti oʻrtasida 2021-yil 6-aprelda tuzilgan shartnomasi asosida joriy yilning 18-mart kuni ushbu universitetning Milliy tarbiya markazi direktori Saparov Baxitjan Joldibay uli bilan filial professor-oʻqituvchilari va mart oyi tinglovchilari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda B.Saparov bugungi kundagi ilm va fandagi, taʼlim sohasidagi yangiliklar haqida tushunchalar berdi. Uchrashuv ishtirokchilari savollariga javoblar olishdi.




