Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti» kafedrasi katta o‘qituvchisi Xojametov Ajiniyaz Andriyanovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida

Xojametov Ajiniyaz Andriyanovichning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Qoraqalpog‘istonda xotin-qizlar sportini rivojlantirish orqali ularning jismoniy-estetik madaniyatini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 7-aprel kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.