Nukus filialida davra suhbati tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali aprel oyi malaka oshirish kursi “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” yo‘nalishi tinglovchilari bilan “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor o‘qituvchilari va Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi xodimlari tomonidan sportning qilichbozlik turi bo‘yicha bir necha marta O‘zbekiston chempionlarini, xalqaro nufuzli musobaqalar g‘oliblarini va Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisini tayyorlagan malakali murabbiylar Sultanov Ruslan hamda Jaqsimuratov Bekmuratlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmonlar qilichbozlik sportining yurtimizga kirib kelishi va rivojlanishi haqida maʼlumotlar aytib o‘tildi. Tinglovchilar savollariga javoblar olishdi.