👏Atayev Shodiyor Azizullayevich

Nukus filiali 2023-yil may oyi “Stol tennis” guruhi tinglovchisi. Xorazm Viloyati Urganch shahri Sportning o’yin turlari va Yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi treneri.

📌Kasbiy faoliyat natijalariga ko’ra 92 ball toʻplab malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda to’g’ridan-to’g’ri malaka oshirish sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega boʻldi.

🏅Shaxsiy yutuqlari: Oʻzbekiston chempionatlari sovrindori. Oliy toifali trener.

🏆Trener sifatida:
Oʻzbekiston chempioni 4 nafar, Oʻzbekiston chempionati sovrindori 12 nafar, Besh tashabbus Ruspublika sovrindori 1 nafar. 15 nafar sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlagan.