Joriy yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazir o‘rinbosari Ismoilov Murodjon Valijonovich Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishi instituti Nukus filialiga tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida filialda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Filial moddiy-texnik bazasini ko‘zdan kechirdi va tinglovchilar turar joyi binosini taʼmirlash ishlari yuzasidan tavsiyalar berishdi.




