Nukus filialida ochiq dars oʻtkazildi

Joriy yilning 8-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Sport turlari boʻyicha trener oʻqituvchi” yoʻnalishi boks guruhi tinglovchilariga “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori G.Mambetkarimov tomonidan “Sport tibbiyoti” modulidan “Sportda birinchi tibbiy yordam” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.

Ochiq darsda sportda tez-tez uchraydigan kichik jarohat olish holatlari, turlari, jarohatlarning kelib chiqish sabablari va sportchi jarohatlanganda koʻrsatiladigan birinchi tibbiy yordamlar haqida aytib oʻtildi. Tinglovchilar darsda faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.